Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qimmatbaho taqinchoq o‘g‘risi qo‘lga olindi

Qimmatbaho taqinchoq o‘g‘risi qo‘lga olindi

Sariosiyo tumanida 29 mart kuni, Denov tumani “Yurchi” mahallasida yashovchi, Q.S. ismli ayol tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 28-mart kunidan 29 mart kuniga o‘tar kechasi, noma’lum shaxs, tumanning “Nilu” mahallasida joylashgan uyidan jami 4.100.000 so‘mlik har xil turdagi tillo taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni Uzun tumanida yashovchi, T.A. sodir etganligi aniqlanib ushlangan.

Qimmatbaho taqinchoqlarga ko‘ngil qo‘yib, ularni o‘g‘rilik yo‘li bilan o‘zlashtirib, boylik orttirishni maqsad qilgan T.A.ga nisbatan 3 aprel kuni Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 21:47 11.04.2021. O'qildi: 2094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!