Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Qidiruvdagi “KIA SORENTO” Toshkent shahrida topildi

Qidiruvdagi “KIA SORENTO” Toshkent shahrida topildi

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituviga kelib tushgan ijro hujjatlar ijrosini ta’minlash, qarzdor shaxslar va ularning mol-mulklarini aniqlash, qidirib topish va qarzdorliklarni bartaraf etish borasida muayyan ishlar qilinmoqda.

Qidiruv harakatlari dastlab ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma’lum bo‘lgan oxirgi yashash joyida yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida olib boriladi.

Bunday hollarda ijro hujjatlari ijrosini ta’minlash qidiruv harakatlarining natijasiga bog‘liq, chunki qarzdor shaxs yoki uning mol-mulklari topilgunga qadar ijro ishi ijrosini ta’minlash imkoniyati bo‘lmaydi va ijro harakatlari to‘xtatib turiladi. Jumladan, Kogon tumanlararo iqtisodiy sudining sud hujjatiga asosan undiruvchi “O‘zagrosug‘urta” AJ Toshkent viloyati filiali foydasiga qarzdor “R.T.Q.” MCHJdan 1.885.029.301 so‘m miqdoridagi qarzdorlikni subrogasiya tartibida undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Qorako‘l tuman bo‘limi ish yurituviga 13.05.2024 yilda kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan shu kuni ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, ijro harakatlariga kirishilgan.

Qarzdorga ijro hujjati mazmun-mohiyati to‘liq tushuntirilib, qarzdorlikni bartaraf qilish uchun qonunchilikka muvofiq ixtiyoriy muddat berilgan bo‘lsada, ijro hujjati talablari bajarilmagan. Ijro harakatlari davomida qarzdor korxonaga tegishli bo‘lgan “KIA SORENTO” rusumli avtotransport vositasi nisbatan “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan qidiruv e’lon qilingan.

Qidiruv harakatlari dastlab ijro hujjatini ijro etish joyida olib borilib, keyinchalik qidiruv hududi kengaytirilgan. Byuroning markaziy apparati qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilgan qidiruv harakatlari natijasida qidiruvdagi mazkur avtomashina Toshkent shahrida harakatlanib yurganligi aniqlangan hamda tegishli tartibda xatlanib, jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Hozirda, ijro harakatlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:55 25.12.2024. O'qildi: 785 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!