Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qibrayda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan Milliy gvardiya xodimining ishi sudga kelib tushdi

A A A
Qibrayda voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan Milliy gvardiya xodimining ishi sudga kelib tushdi

Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish) 4-qismi (o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tegish) bilan ayblangan SH. SH.ga (1993 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, Qibray tumani Qo‘riqlash bo‘limi safdor-xodimi, jinoyat sodir etilgan paytda ishsiz bo‘lgan, jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahar sudining 2023 yil 29 iyuldagi ajrimi bilan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan) oid jinoyat ishi bugun jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudining ish yurituviga kelib tushdi.

Ma’lumot uchun: Jinoyat kodeksining 118-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlar bilan bog‘liq jinoyat ishlari Jinoyat-prosessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz ish viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan va Jinoyat kodeksining 118-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 18:48 09.08.2023. O'qildi: 3179 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!