Jahon banki Suriyaga yordam berishni qaytadan boshladi.
Qatar va Saudiya Arabistoni Suriya moliya muassasasi oldidagi qariyb 15,5 million dollar qarzini to‘laganidan so‘ng Jahon banki Damashqqa yordam dasturlarini qayta boshladi.
Bu haqda Jahon banki matbuot xizmati tarqatgan hujjatda aytiladi, deb xabar beradi “Report” .
"Suriya Arab Respublikasining qariyb 15,5 million dollarlik qarzi bartaraf etildi. Qarzni bekor qilish uchun to‘lov Saudiya Arabistoni Qirolligi va Qatar Davlati tomonidan amalga oshirildi. Shunday qilib, Jahon bankining tegishli operasion siyosatiga rioya qilgan holda, mamlakatning yangi operasiyalarni amalga oshirish huquqi yangilandi", deyiladi bayonotda.