Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Qatar amiri AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

A A A
Qatar amiri AQSh davlat kotibi bilan uchrashdi

Qatar amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy va AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken Dohada qamaldagi G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan vositachilik sa’y-harakatini kuchaytirish masalasini muhokama qildi.

QNA xabariga ko‘ra, Amir va Davlat kotibi turli sohalardagi munosabatni mustahkamlash yo‘llari, shuningdek G‘azoda va Falastinning bosib olingan boshqa hududlaridagi vaziyatni tahlil qilgan. Bundan tashqari tomonlar zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish va mintaqaga gumanitar yordam oqimini ta’minlashga qaratilgan vositachilik harakatini rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan.

Rasmiylar ishtirokida o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Blinken aytishicha, XAMAS Prezident Jo Baydenning G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va mahbuslar almashinuvini amalga oshirish haqidagi taklifiga “o‘zgarish kiritish”ni taklif qilgan.

– Ularning ba’zi fikrlariga qo‘shilish mumkin, – degan Davlat kotibi.

Kiritildi: 12:26 14.06.2024. O'qildi: 1235 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!