Marvel mahsuloti bo‘lgan “Qasoskorlar 3: chegarasiz urush” filmi dunyodagi reytingini ko‘tarishda davom etmoqda. Kartinaning uch hafta davom etgan namoyishi 1 milliard 606 million dollar daromadni tashkil qildi va bu kino tarixidagi beshinchi eng yaxshi ko‘rsatkichdir, deya xabar beradi ixtisoslashtirilgan sayt “Box Office Mojo”.
Reytingning yuqori pog‘onalarini esa “Avatar” (2 milliard 788 million dollar), “Titanik” (2 milliard 187 million dollar), “Yulduzlar jangi: kuchning uyg‘onishi” (2 milliard 68 million dollar) va “Yura davri” (1 milliard 671 million dollar) kartinalari egallab turibdi.
Manba: segodnya.ua