Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Qasim-Jomart Toqayev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

A A A
Qasim-Jomart Toqayev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

Qasim-Jomart Toqayev Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beradi Kazinform agentligi Aqordaga tayanib.

Telefon orqali muloqot chog‘ida davlat rahbarlari ikki tomonlama ko‘p qirrali hamkorlik strategik sheriklik va ittifoqchilik ruhida jadal rivojlanib borayotganini ta’kidladilar.

Suhbatdoshlar Rossiya Prezidentining o‘tgan yilning noyabr oyida Astana shahriga rasmiy tashrifi va Qozog‘iston rahbarining yaqinda Qozonga amalga oshirgan amaliy tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishning borishini muhokama qildilar. Energetika, tranzit va logistika sohalarida qo‘shma loyihalarni samarali ilgari surish muhimligi qayd etildi.

Davlat rahbarlari xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar.

Kiritildi: 16:55 02.03.2024. O'qildi: 957 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!