Bugun 8 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Qasim-Jomart Toqayev Rossiya va Fransiyaga rasmiy tashrif bilan boradi

A A A
Qasim-Jomart Toqayev Rossiya va Fransiyaga rasmiy tashrif bilan boradi

Qasim-Jomart Toqayev 28 noyabr kuni Rossiya Federasiyasiga tashrif buyuradi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Davlat rahbari Moskvada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Shuningdek, ikki Davlat rahbarlari videoaloqa orqali Qozog‘iston va Rossiya mintaqalararo hamkorlik forumi ishida ishtirok etadilar.

29-30 noyabr kunlari Qozog‘iston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ladi.

Qasim-Jomart Toqayev Parijda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokara o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Muzokaralarda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va gumanitar sohalarda strategik sheriklikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Bundan tashqari, Davlat rahbari Fransiya ishbilarmon guruhlari vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazadi.

Kiritildi: 21:38 25.11.2022. O'qildi: 2299 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!