Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qashqadaryoning 5 ta hududiga qariyb 2 sutka tabiiy gaz berish to‘xtatiladi

Qashqadaryoning 5 ta hududiga qariyb 2 sutka tabiiy gaz berish to‘xtatiladi

Qashqadaryo viloyatining beshta hududida barcha iste’molchilarga qariyb 2 sutka tabiiy gaz berish to‘xtatiladi. Bu haqda Hududgaz Qashqadaryo filiali matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, «Hududgaz Qashqadaryo» filiali texnik nosozliklar tufayli viloyatning bir qator hududlarida gaz ta’minotini vaqtinchalik to‘xtatadi.

Jumladan, filialga qarashli Yakkabog‘ magistral gaz quvuri tarmog‘ining 4, 6 va 7 kilometrlarida gaz quvurining texnik nuqsonli qismlarining almashtirilishi munosabati bilan 7 iyun soat 06:00dan 8 iyun soat 18:00ga qadar Shahrisabz GTS, Chiroqchi GTS, Yakkabog‘ GTS hamda Adiba GTS tarmoqlarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha cheklanadi.

Qayd etilishicha, qariyb 2 sutka mobaynida Shahrisabz shahri, Chiroqchi, Yakkabog‘, Shahrisabz va Kitob tumanlaridagi 39 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, 21 138 ta xonadon va 395 ta ulgurji gaz iste’molchilarining tabiiy gaz ta’minoti to‘xtatiladi.

Kiritildi: 19:05 05.06.2021. O'qildi: 1869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!