Bugun 28 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryodagi tungi barda xodim 29 yoshli yigitni pichoqladi. Yigit o‘ldi

Qashqadaryodagi tungi barda xodim 29 yoshli yigitni pichoqladi. Yigit o‘ldi

Bugun bosh prokuratura Qarshi shahridagi "Rubay lounge bar"da sodir etilgan qotillik tafsilotlarini e’lon qildi.

Voqea 23 avgust kuni taxminan soat 20:30 larda Qarshi shahridagi tungi barlardan birida sodir bo‘lgan. Mehmonlar o‘rtasida ziddiyat yuzaga kelgan.

Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.

29 yoshli yigitga barning boshqa bir mehmoni unga termulib turgani yoqmaydi. Mehmonlarning janjali paytida, mijozlarni tinchlantirish uchun bar xodimlaridan biri mojaroga aralashadi. Biroq, 29 yoshli mojaro qo‘zg‘atuvchisi barmenni itarib yuboradi va bar xodimi oshxona pichog‘i bilan huquqbuzarga og‘ir zarba beradi. Buning natijasida janjal ishtirokchisi kasalxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Gumon qilinuvchi — bar xodimi prosessual tartibda hibsga olingan.

Kiritildi: 22:52 25.08.2021. O'qildi: 6240 marta. Fikrlar soni: 7 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!