nasafnews.uz sayti orqali 2022 yil 24 dekabr kuni Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasi portlab ketgani haqida xabar berilgandi.
Portlash oqibatida shifoxonada davolanayotgan 2 nafar bemor kuyish tan jarohatlari bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgandi. Ulardan biri marhum atoqli shoir Abdulla Oripovning singlisi 74 yoshli Oysara Ubaydullayeva ekani ma’lum bo‘ldi.
Oysara Ubaydullayeva 2022 yil 30 dekabr kuni 80 foiz kuyish tan jarohatlari bilan shifoxonada vafot etdi. Bu haqda marhumaning yaqinlari xabar qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati salomatlikni tiklash shifoxonasida portlashdan oldin marhuma Oysara Ubaydullayeva turmush o‘rtog‘i bilan davolanayotgan bo‘lgan. Hozirda marhumaning turmush o‘rtog‘i Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialida davolanmoqda.