Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida suvaraklar kezib yurgani aytilmoqda (FOTO+VIDEO)

Qashqadaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida suvaraklar kezib yurgani aytilmoqda (FOTO+VIDEO)

Viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi (VBKTTM)da davolanayotgan bolalar va ularning yonida yotgan qarovchilari joylashtirilgan xonalarning ayrimlarida kuzatilayotgan sanitariyaga zid holat kishi shuurida shunday savol aylanishiga sabab bo‘lmoqda.

Videolavhadagi tasvirlar shifoxona gastroenterologiya bo‘limi, lyuks toifasidagi palatadan olingan. Ko‘rinib turibdi, bizdan ortiqcha izohga hojat yo‘q. Faqat aytish o‘rinliki, bemorlar pullik asosda joylashtirilgan xonalarda tabiatan asosan tunda faollashadigan suvaraklar hatto kunduz kunlari ham bemalol kezmoqda.

Davolanuvchilar tomoni va mas’ullarning holat yuzasidan aytadigan fikrlari bilan qiziqdik.

- Sharoiti yaxshiroq degan o‘y bilan lyuks xonaga joylashgandik, - deydi shifoxonada davolanayotgan bolalardan birining o‘zini tanishtirishga iymangan onasi. - O‘rin uchun bir kunga 100 ming so‘mdan to‘lov qilganmiz. Kechqurun suvaraklar shunchalar izg‘iydiki, uxlamay bolalarimizni qo‘riqlab chiqamiz.

Qashqadaryodagi bolalar shifoxonasining lyuks xonasida suvaraklar kezib yurishi ma’lum bo‘ldi (FOTO+VIDEO)

Bo‘lim boshlig‘i Hamida Faxriddinovaning munosabati esa masalani oddiy o‘zidan qochirish usulida va qisqa bo‘ldi.

- Mazkur holat bo‘yicha ma’muriyat, SEO va JSX shug‘ullanadi, - deydi u. - Bu yuzasidan ularga bildirgi kiritganman.

Tamom, bildirgi kiritilgan. Endi ko‘rinishidan masala uchun mas’uliyat undan soqit bo‘lgan. Shunday tushundik.

Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshqarmasining esa bildirgidan ham, bolalar shifoxonasi ayrim palatalarini suvaraklar ishg‘ol qilganidan ham xabari yo‘q.

Aytishlaricha, bu haqda ularga hech kim ma’lumot bermagan va markaz shahar hududida joylashgani uchun masalaga ko‘proq SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi mas’ul.

- Haqiqatdan ham viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shahar hududiga kirganligi uchun biz nazorat qilishimiz kerak edi, - deydi SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi mas’ul xodimi Farruh Yusupov. - O‘tgan haftada viloyatdan buyruq chiqartirib, tekshirishga bormoqchi edik. Lekin buyruq viloyatning o‘ziga chiqqan. Demak ularning o‘zlari borib tekshirishga haqli.

Mana, hammasi ayon. “Hoziroq holatni bartaraf etish chorasini ko‘ramiz”, deydigan mard yo‘q. Demak, VBKTTM palatalari hali orada suvaraklar ko‘payishi va erkin kezishi uchun maqbul joylardan biri bo‘lib qolaveradi, chamamda...

Kiritildi: 15:03 15.08.2023. O'qildi: 6655 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!