«Qarshi davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-428-son, 10.12.2024 yil) qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigasiya va agrotexnologiyalar instituti, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali negizida Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etiladi.
Muhandislik, geologiya, ishlab chiqarish, qurilish, transport, energetika, axborot texnologiyalari va dasturlash, xizmat ko‘rsatish hamda irrigasiya tizimlari va agrotexnologiyalar sohalari bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
2025/2026 o‘quv yilidan:
Yuqoridagi OTMlarda tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan bitiruvchi kurs talabalariga Universitet diplomi beriladi.