Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda QVPga ko‘rik uchun kelgan ayolga jinsiy aloqa qilish taklifini bergan shifokor qamaldi

A A A
Qashqadaryoda QVPga ko‘rik uchun kelgan ayolga jinsiy aloqa qilish taklifini bergan shifokor qamaldi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudida huquqbuzar Z.T. (erkak) va jabrlanuvchi S.T.ning (ayol) ishtirokida, MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan Z.T.ga oid ma’muriy ish ko‘rib chiqildi.

Qalampir.uz'ning ma’lum qilishicha, joriy yilning 27 oktyabr kuni huquqbuzar Z.T. Qamashi tumani Qamay MFYdagi 47-son QVPga ko‘rik uchun kelgan S.T.ga u bilan jinsiy aloqada bo‘lsa har oyda 1 000 000 so‘mdan oylik berishini aytib, shahvoniy shilqimlik qilib, MJtKning 41-1 moddasi (shahvoniy shilqimlik) 1-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, huquqbuzar Z.T. MJtKning 41-1 moddasi 1-qismi bilan unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi hamda 247 500 so‘m davlat foydasiga pul undirish tayinlandi.

Kiritildi: 21:52 10.11.2023. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!