Bugun 21 fevral, 2025 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda qariyb 1.2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona fosh bo‘ldi

Qashqadaryoda qariyb 1.2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona fosh bo‘ldi

«Hududgaz Qashqadaryo» gaz ta’minoti filiali nazorat tuzilmalari, tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari va huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd jarayonida Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Navro‘z» MFYda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tekshiruvlarda ushbu mahallada istiqomat qiluvchi SH. S. ga tegishli xonadondagi issiqxonada tabiiy gaz tarmog‘iga tegishli loyiha hujjatlarisiz, xonadonga o‘rnatilgan hisoblagichning filtr qismidan o‘zboshimchalik bilan rezina shlang va gaz so‘rg‘ich orqali tabiiy gazdan o‘g‘rincha foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qayta hisob-kitob qilindi va 1 milliard 117 million so‘mlik zarar hisoblandi. Jarayonga tegishli barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshirildi.

Kiritildi: 13:21 29.01.2025. O'qildi: 1056 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!