Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda Nexia va “Zil” to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Qashqadaryoda Nexia va “Zil” to‘qnashdi, bir kishi halok bo‘ldi

Ma’lum bo‘lishicha, chorrahadan burilayotgan “Zil" Nexia’ga borib urilgan.

Hodisa 16 iyun kuni soat taxminan 05:30 larda sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Haydovchi A.S. boshqaruvida bo‘lgan Nexia bilan Qarshi shahar aylanma yo‘lidan Nishon tumanidan Samarqand viloyati tomonga harakatlanib kelib, "Bog‘obod” MFY hududidagi “Sharshara” choyxonasi oldidagi chorrahada qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi A.T. boshqaruvida bo‘lgan “Zil -130” rusumli yuk avtomashinasi bilan ushbu chorrahadan qayrilib, olayotgan vaqtida old qismi bilan Nexia’ga urilib, yo‘l transport hodisasi sodir etgan.

Natijada, Nexia salonida yo‘lovchi sifatida kelayotgan fuqaro N.O‘. olgan tar jarohati tufayli shifoxonada berilgan tez tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani IIB TB tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda",-deyiladi xabardv.

Kiritildi: 22:16 17.06.2022. O'qildi: 2817 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!