Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqarolar B.U. va J.B. fuqaro B.YU.ga 432 dona iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlarini 14,4 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanganlar.
Shuningdek, tadbir davomida fuqaro B.U. tomonidan Qarshi shahridagi “Alisher Navoiy” MFY hududidagi “E.O.” xususiy korxonasi omboriga vaqtincha saqlash uchun qo‘yilgan umumiy bahosi 21,8 mln so‘mlik 780 dona iste’molga yaroqsiz va qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) va 186-1-moddasi (etil spirti, alkogolli mahsulot va tamaki mahsulotini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish yoki ishlab chiqarish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.