Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi

Qashqadaryoda inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, 6 kishi jarohatlandi

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, 2 noyabr kuni soat 11:50da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hududidan o‘tgan «Qarshi katta halqa yo‘li»ning «Ettitom-Qarshi» 4R-87 avtomobil yo‘li bilan kesishgan 53 kilometrdagi tartibga solingan chorrahasida fuqaro M.R. boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinasi bilan fuqaro S.X. boshqaruvida bo‘lgan «Gaz-322132» rusumli yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan avtomashina to‘qnashib, yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida «Gaz-322132» rusumli avtomashinada bo‘lgan 10 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) va «Lasetti» rusumli avtomashinasi ichidagi 3 nafar (shundan 1 nafari haydovchi) fuqaro turli darajada tan jarohati olib RSHTTYOIM Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Ulardan faqat 6 nafari reanimasiya bo‘limiga yotqizilgan, 5 nafariga esa uyiga ruxsat berilgan.

«Gaz-322132» rusumli avtomashina haydovchisi S.X.ga ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay shifoxonaning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 13:46 03.11.2019. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!