Bugun 3 may, 2024 yil, juma

КИР

Qashqadaryoda fuqarolarni 35 ming dollarga "uxlatgan" shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryoda fuqarolarni 35 ming dollarga "uxlatgan" shaxs qo‘lga olindi

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yo‘llar bilan xorijiy davlatlarga ishga yuborishini va’da qilgan shaxslar ushlandi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.

Qayd etilishicha, departament hamda DXXning Samarqand tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda U.R., Z.M. va A.S. ismli shaxslar fuqaro H.SH.ni 18 ming dollar evaziga Isroil davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, shundan 2 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Shahrisabz shahar bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro A.K. 4 nafar fuqaroni Turkiya orqali Nikaragua davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, jami 35 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

2023 yilning 20 dekabrida AQShga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarilgan edi. Shu yilning fevral oxirlarida esa AQShga San Diego orqali 2500 dan ortiq o‘zbekistonlik noqonuniy kirgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 14:17 20.04.2024. O'qildi: 742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!