Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Qashqadaryoda erkak oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab, o‘zi va 80 yoshli otasini yoqib yubordi

Qashqadaryoda erkak oyog‘ini zanjir bilan bog‘lab, o‘zi va 80 yoshli otasini yoqib yubordi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida 46 yoshli erkak otasi va o‘zining ustiga benzin sepib, yoqib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Bosh prokuratura «Daryo»ga ma’lum qildi.

15 may kuni soat 14:30 larda 1974 yilda tug‘ilgan erkak (oldin sudlangan) uyga kelib otasi bilan (1940 yilda tug‘ilgan 1-guruh nogironi) avvaldan bo‘lgan o‘zaro kelishmovchilik tufayli janjallashgan. Janjal oqibatida u sumkada yelim idishda olib kelgan benzinni otasi va o‘zining ustiga sepgan. Bu ham yetmaganidek, temir zanjir bilan o‘zining chap oyog‘i pastki bo‘g‘inini isitish quvuriga bog‘lab qo‘ygan. Xonaga erkakni to‘xtatish uchun kirgan keliniga qarshilik ko‘rsatib, voyaga yetmagan ikki nafar jiyanining ko‘z o‘ngida gugurt chaqib yuborgan. Fojia oqibatida ota-bola kuyish tan jarohatlari bilan hodisa joyida halok bo‘lgan.

Shuningdek, voqea joyida bo‘lgan kelin va uning voyaga yetmagan farzandlari hamda yordamga kelgan yana bir oila a’zosi turli darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda («Qasddan odam o‘ldirish») 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:12 17.05.2020. O'qildi: 8641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!