Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda er aka-ukalari bilan birga xotini va o‘g‘lini kaltakladi.

Qashqadaryoda er aka-ukalari bilan birga xotini va o‘g‘lini kaltakladi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryoda ona-bolani amakilari vahshiylarcha kaltaklagani haqida video tarqaldi. Viloyat IIB matbuot xizmati holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Tarqatilgan xabarga qaraganda, joriy yilning 2 aprel kuni soat 08:00larda Qamashi tumani “Mayda” MFYda yashovchi o‘y bekasi Z.X. yashash uyida o‘tirgan vaqtida turmush o‘rtog‘i X.Xa. hamda uning aka-ukalari X.X., X.Fa., X.F. kelgan. Shundan so‘ng ular o‘zaro janjallashib qolib Z.X. va o‘g‘li SH.P.ga tan jarohati yetkazgan.

Holat yuzasidan X.Xa., X.X., X.Fa., X.F.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g,i,m” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jabrlanuvchining turmush o‘rtog‘i X.Xa.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB Tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:41 16.05.2022. O'qildi: 4371 marta. Fikrlar soni: 2 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!