Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda elektr energiya "o‘g‘risi" ushlandi

Qashqadaryoda elektr energiya "o‘g‘risi" ushlandi

"O‘zenergoinspeksiya" Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kasbi tumani "Komilon" MFYda joylashgan “M. S. S.” YTTga qarashli savdo do‘koni o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 181,7 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:01 16.06.2025. O'qildi: 464 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!