Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida 4 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi xabar berdi.
Oqibatda xonada uxlab yotgan 1992 yilda tug‘ilgan oila boshlig‘i D.L., uning 1995 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i D.Q., 2018 va 2020 yilda tug‘ilgan ikki nafar farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgan.
Qayd etilishicha, marhumlarning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hodisa yuzasidan Kasbi tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.