Bugun 8 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Qashqadaryoda 7 oy davomida voyaga yetmagan kizni zo‘rlaganlar va bunga sharoit yaratib bergan ayol qamaldi

Qashqadaryoda 7 oy davomida voyaga yetmagan kizni zo‘rlaganlar va bunga sharoit yaratib bergan ayol qamaldi

Qashqadaryo viloyati, Shaxrisabz tumanida yashovchi ayol N.A. o‘zining uyida voyaga yetmagan CH.T. ni 7 oy davomida majburan saqlab kelib, zo‘rlik va tahdid orqali uni turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlab kelganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi.

❕Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra, Bosh prokuratura mazkur holatni nazoratga olgan bo‘lib, viloyat prokuraturasi tomonidan tuzilgan tergov guruhi jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergovni olib borgan.

🖇 Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz tuman sudida voyaga yetmagan (2009 yilda tug‘ilgan qiz) ga nisbatan sodir etilgan jinsiy jinoyatlar yuzasidan yopiq tarzdagi sud muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

📍Joriy yil 8 aprel kuni sud ishni har tomonlama, xolisona o‘rgangan ravishda, mavjud dalillardan va ish uchun ahamiyatli boshqa holatlardan kelib chiqib, sudlanuvchilarni aybli deb topdi.

❗️Jumladan, sudlanuvchi N.A. (ayol) JKning 135-moddasi 3-qismining «a,g» bandlari (Odam savdosi) hamda 127- moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan 7 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

❗️Sudlanuvchilar A.F. (erkak) va SH.U. (erkak) JKning 118-moddasi 3-qismining «a» bandi (Nomusga tegish), 135-moddasi 3-qismining «a,g» bandlari (Odam savdosi), 127-moddasining 3-qismi (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish) bilan aybli deb topilib, ularga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi berildi.

📌 Mazkur hukm yuzasidan sudlanuvchilar tomonidan apellyasiya tartibida shikoyat berilgan bo‘lib, Qashqadaryo viloyati sudi apellyasiya tartibida mazkur shikoyatlarni ko‘rib chiqdi va birinchi instansiya sudi hukmini o‘zgarishsiz qoldirdi.

🔸Ta’kidlash joizki, bu toifadagi jinoyatlar uchun javobgarlikning yangi tartibiga binoan, mazkur hukm bo‘yicha mahkumlarga nisbatan jazoni yumshatish hech bir chorasi qo‘llanilmaydi va jazo to‘liq o‘taladi.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchi CH.T. ga jinoyat ishi yurituvi davomida va hozirda Bolalar ombudsmani va tegishli tashkilotlar tomonidan zarur bo‘lgan barcha ijtimoiy huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Kiritildi: 20:03 10.07.2024. O'qildi: 2822 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!