Bugun 18 sentyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qashqadaryoda 136 nafar ehtiyojmand talaba xotin-qizning shartnoma puli to‘lab beriladi

Qashqadaryoda 136 nafar ehtiyojmand talaba xotin-qizning shartnoma puli to‘lab beriladi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi 136 nafar ehtiyojmand talaba xotin-qizning shartnoma pullari to‘lab beriladi. Bu haqda hokimlik axborot xizmatiga tayagib "Daryo" xabar berdi.

Bildirilishicha, Murodjon Azimov ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muhim qaror qabul qilgan.

“Qarorga ko‘ra 136 nafar talabaning oliy o‘quv yurtlarida o‘qishi uchun shartnoma pulini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar davlat tomonidan qoplanadi. Bu qaror ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan yoshlar uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Ko‘plab talaba qizlar moliyaviy qiyinchiliklar sababli oliy ta’lim olish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin edi, lekin viloyat hokimining bu tashabbusi ularning kelajakda yuqori malakali mutaxassis bo‘lishlari uchun yo‘l ochadi”, deydi hokimlik axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov.

Aniqlashtirilishicha, mablag‘ viloyat mahalliy byudjetining 2024 yil zaxira mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

“136 nafar talaba qizlarning shartnoma summasini to‘lab berish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasiga 698 million 185 ming so‘m mablag‘ ajratiladi”, deydi mas’ul.

Kiritildi: 11:18 23.08.2024. O'qildi: 699 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!