Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi joriy etildi

A A A
Qashqadaryo viloyati hokimi stipendiyasi joriy etildi

Qashqadaryo viloyat hokimligi va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tomonidan 2023−2024-o‘quv yilidan “Hokim stipendiyasi"i joriy etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, tanlovda viloyatdagi davlat OTMlarining bakalavriatura 1−2−3−4 bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov ikki bosqichda o‘tkazilib, ishtirokchilar quyidagi mezonlar asosida aniqlanadi:

  • fan olimpiadalari va turli tanlovlardagi ishtiroki;

  • yo‘nalishlar bo‘yicha konferensiya (tanlov)larda qatnashish;

  • kamida ikkita e’lon qilingan ishlar (asarlar)ning mavjudligi;

  • xorijiy tillarni bilish;

  • O‘zbekiston tarixini bilish;

  • axborot texnologiyalaridan xabardorlik.

  • Jami 14ta g‘olibga jami 10 davomida har oy BHMning 3 barobari (990 ming so‘m) miqdorida stipendiya ajratiladi.

Tanlov ishtirokchilaridan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

  • pasport nusxasi hamda 2 tadan 6×4 va 10×15 o‘lchamlaridagi fotosurat;

  • baholash qaydnomasi (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan) nusxasi;

  • ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati va ularning bosma nusxalari;

  • erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarining tasdiqlangan nusxasi.

  • Barcha hujjatlar ikki nusxada taqdim qilinadi. Tanlov nizomi bilan bu yerda tanishish mumkin.

Arizalarni joriy yilning 2 avgustidan 11 avgustigacha havola orqali jo‘natish mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni 75 221 17 68 raqami orqali olish imkoniyati mavjud.

Kiritildi: 23:53 29.07.2023. O'qildi: 2667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!