Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

“Qashqadaryo ekotrans”ga 17 ta zamonaviy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus texnika topshirildi

A A A
“Qashqadaryo ekotrans”ga 17 ta zamonaviy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus texnika topshirildi

Qarshi shahrida chiqindi tashishga mo‘ljallangan zamonaviy texnika vositalari soni 17 taga ko‘paydi.

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida imtiyozli xarid qilingan 17 ta ISUZU rusumli zamonaviy chiqindi tashishga mo‘ljallangan maxsus texnika vositalari “Qashqadaryo ekotrans” topshirildi.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari ishtirokida texnikalar kalitlari haydovchilarga tantanali topshirildi.

"Ayni paytda MCHJ ixtiyorida 30 ta chiqindi tashuvchi maxsus va 14 ta boshqa turdagi vazifalarni bajaruvchi texnikalar bor. Ular shahar aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda, — dedi korxona rahbari Xo‘jamqul Nurqulov. — Endi esa ixtiyorimizdagi texnikalar soni 61 taga yetdi. Tabiiyki, bu xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi".

Ta’kidlash joizki, yangi texnikalar keltirilishi tufayli 50 dan ziyod qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ma’lumot uchun, keyinchalik chiqindi tashishga mo‘ljallangan zamonaviy mashinalar boshqa viloyatlarga ham yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

Kiritildi: 19:22 09.08.2023. O'qildi: 1919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!