Yurtimizda yildan yilga tadbirkorlik, o‘rta va kichik biznesni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilayotgani xech kimga sir emas. Ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun chet ellik korxonalar bilan hamkorlik qilishga ham keng yo‘llar ochib berilmoqda. Lekin ushbu imkoniyatlardan birdek samarali foydalana olmayotgan korxonalar xam talaygina.
Byuroning Chirchiq shahar bo‘limi ish yurituvida Toshkent viloyati iqtisodiy sudining ijro varaqasiga asosan, qarzdor “CHIRCHIQ QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKASI ZAVODI” OAJ dan, undiruvchi “TAKT”OAO xorijiy korxonasi foydasiga 191 ming AQSh dollari miqdorida qarz undirib berish belgilangan.
Bo‘lim davlat ijrochilarining olib borgan majburiy ijro harakatlari davomida,qarzdor korxonaning barcha hisob raqamlariga band qo‘yilgan.
Buning natijasida xorijiy korxonasi foydasiga 191 ming AQSh dollari miqdorida qarzdorlik undirib berilib ijro hujjati ijrosi to‘liq ta’minlandi.