Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Qarzga botgan poytaxt hokimligi “bir piyola choy ustida suhbatlashish” uchun 10 mlrd ajratdi

A A A
Qarzga botgan poytaxt hokimligi “bir piyola choy ustida suhbatlashish” uchun 10 mlrd ajratdi

Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining qaroriga binoan , “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Buvijonlar maktabi” va boshqa shu kabi uchrashuvlarni tashkillashtirish, shuningdek, “bir piyola choy ustida suhbatlashish”, taqdirlash va boshqa tadbirlarni o‘tkazish uchun 10 mlrd so‘m mablag‘ ajratiladi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan yuritiladigan ijro hujjatlariga ko‘ra (24 noyabr holatiga) Toshkent shahar hokimligi zimmasida qariyb 307 mlrd so‘m qarzdorlik bor. Ayrim manbalarga ko‘ra, sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev davrida yuzaga kelgan qarzdorliklar bir necha oydan beri to‘lab berilmayapti. Bundan tashqari, joriy yil poytaxtda o‘tkazilgan bir qator tadbirlarning puli ham haligacha tashkilotchilarga to‘lab berilmagan.

Kiritildi: 19:48 24.11.2023. O'qildi: 3603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!