Bugun 27 sentyabr, 2022 yil, seshanba

КИР

Qarshida o‘zini yoqib yuborgan erkak ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi (FOTO)

Qarshida o‘zini yoqib yuborgan erkak ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi (FOTO)

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qarshi shahridagi sexdan chiqayotgan badbuy hiddan noroziligini bildirgan fuqaro o‘zini yoqib yubordi” sarlavhasi ostida chiqqan video murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Qarshi Leather” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasida ekologiya xodimlari tomonidan muntazam ravishda faoliyatini tasdiqlangan dastur asosida tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va normativ huquqiy hujjatlar talablarini ijrosini ta’minlash yuzasidan o‘rnatilgan tartibda tegishli ruxsatnomalar asosida o‘rganish ishlari olib borilgan.

Jumladan, o‘rganishlar natijasida 2021 yilning mart oyida Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori asosida Qarshi shahridagi “Qarshi Leather” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasiga kiritilgan da’vo arizasi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida atrof tabiiy muhitnni ifloslantirganlik holati aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 11-oktyabrdagi 820 sonli “Tabiatni muhofaza qilishni ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 284,0 mln so‘m miqdorida majburiy kompensasiya to‘lovlari undirish bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Berilgan ekologik ekspertiza xulosasi talablarining bajarilishi, ifloslantiruvchi moddalarni me’yor darajasidan yuqori chiqqanligi va o‘rnatilgan talablariga rioya etilmaganligi bo‘yicha aniqlangan kamchiliklar va atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik uchun keyingi o‘rganishlarda 346,0 mln so‘m miqdorida ma’muriy kompensasiya to‘lovi ham hisoblangan.

O‘rganishlar yakunida amaldagi qonunlarga to‘la rioya etish bo‘yicha bir necha bor majburiy ko‘rsatmalar berilgan. 2021 yil noyabr oyida viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan Iqtisodiy sudga mazkur xorijiy korxonaning faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etgunga qadar vaqtincha to‘xtatish masalasida ariza kiritilgan.

Qarshi shahridagi “Qarshi Leather” MCHJ shaklidagi xorijiy korxonasi rahbarining 2022 yil mart oyidagi viloyat ekologiya boshqarmasiga yuborgan xatida korxona Xitoy davlat investorlari tomonidan 2022 yil 1 mart kunidan noma’lum muddatga to‘xtatilganligi, korxonaning suvlarini kanalizasiya quvuriga qo‘yish bo‘yicha biror bir to‘siq va ta’qiqlar bo‘lsa ular tomonidan kiritilgan investisiya mablag‘larini olib chiqib ketish hamda korxona faoliyatini butunlay to‘xtatilishi ma’lum qilinib, korxonaning ish faoliyatini qayta tiklash uchun Qarshi shahar kanalizasiya quvurining g‘arbiy nuqtasiga chiqindi oqova suvlarini quyishni ma’lum qilgan.

Shuningdek 2021 yil oktyabr oyida mazkur MCHJ shaklidagi xorijiy korxonadan aholi yashash maskanlariga yaqin bo‘lgan juda katta maydonga noqonuniy tashlangan chiqindi oqova suvlarini tozalash uchun viloyat hokimligi, viloyat IIB, viloyat Ekologiya boshqarmasidan ishchi guruh tuzilib, chiqindi suvlari tashlangan zovurlar katta mablag‘ hisobiga to‘liq tozalanib, ushbu zovur tuproq bilan ko‘mib tashlangan. Hozirda mazkur joylar obodonlashtirilib, hattoki futbol maydonchalari tashkil etilgan.

Qarshida o‘zini yoqib yuborgan erkak ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi (FOTO)

Qarshida o‘zini yoqib yuborgan erkak ishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berildi (FOTO)

Yuqoridagi xabar bo‘yicha viloyat ekologiya boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘rnatilgan tartibda, tadbirkorlik sub’ektini o‘rganish bo‘yicha vakolatli organlardan tegishli ruxsatnomalar olib, o‘z vakolati doirasida tezkor o‘rganishlar o‘tkaziladi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha axborot beriladi.

Kiritildi: 23:09 16.08.2022. O'qildi: 6759 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!