Bugun 10 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Qarshi shahrida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Qarshi shahrida noqonuniy “mayning ferma” tashkil etgan xonadon aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi tumani bo‘limi, DXX va IIB kiberxavfsizlik markazi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.B. Qarshi shahri “Oqtepa” MFY hududidagi xonadonida 3 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmasini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, jami 372 mln so‘mlik elektr enargiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: Bugun 13:01. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!