Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda alkogol va tamaki mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan U.D. “I.S.” MCHJga qarashli “Qiziltepa” MFY hududidagi savdo do‘konida qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 1 791 dona alkogol mahsulotlarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, umumiy bahosi 51,2 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Shu kabi, Departamentning Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIV xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “B.S.” MCHJ rahbari SH.A. “S.SH.” MCHJga qarashli Denov tumani “Nurli manzil” MFY hududidagi omborxonada 4 turdagi jami 11 697 dona umumiy bahosi 321 mln so‘mlik iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini o‘tkazish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib,tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.