«Qanot Sharq» aviakompaniyasi 20 yanvardan 6 martgacha bo‘lgan davrda bir qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, aviakompaniya «Airbus A320» samolyotlarida «ishlab chiqarish zarurati» tufayli quyidagi reyslar bekor qiladi:
- HH18 Samarqand — Toshkent, 22-yanvardan 5-martgacha;
- HH701/702, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 25-yanvardan 1-martgacha;
- HH703/704, Farg‘ona — Moskva (Domodedovo) — Farg‘ona, 24-yanvardan 28-fevralgacha;
- HH705/706, Namangan — Moskva (Domodedovo) — Namangan, 21-yanvardan 3-martgacha;
- HH707/708, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20 (21) yanvardan 3 (4) martgacha;
- HH709/710, Buxoro — Moskva (Domodedovo) — Buxoro, 25-yanvardan 1-martgacha;
- HH712, Moskva (Domodedovo) — Samarqand, 20-yanvardan 3-martgacha;
- HH715/716, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 20-yanvardan 3-martgacha;
- HH717/718, Toshkent — Moskva (Domodedovo) — Toshkent, 22 (23) yanvardan 5 (6) martgacha;
- HH741/742, Samarqand — Sankt-Peterburg — Samarqand, 21 (22) yanvardan 4 (5) martgacha;
- HH743/744, Namangan — Sankt-Peterburg — Namangan, 21-yanvardan 4-martgacha.
Bekor qilingan reyslar yo‘lovchilari chipta narxini qaytarib olishlari yoki reysni boshqa sanaga qayta bron qilishlari mumkin.
Chiptalarni qaytarish yoki almashtirish tafsilotlarini aniqlashtirish uchun aviakompaniyaning +998712279307 telefon raqamiga murojaat qilish kerak.