Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qamchiq dovonida yuk mashinasi jarlikka qulab tushdi, haydovchi vafot etdi

A A A
Qamchiq dovonida yuk mashinasi jarlikka qulab tushdi, haydovchi vafot etdi

12 iyun kuni Namangan viloyatining Pop tumanida yuk avtomobili jarlikka qulab tushishi oqibatida haydovchi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmatiga asoslanib,  "gazeta.uz" xabar qildi.

DAF rusumli yuk mashinasi Farg‘ona vodiysidan Toshkentga kelayotgan bo‘lgan. Haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yo‘l chetidagi temir to‘siqni buzib o‘tib, jarlikka qulagan.

Mashina to‘liq yonib ketgan, haydovchi kuyish natijasida hodisa joyida vafot etgan.

Kiritildi: 09:40 14.06.2018. O'qildi: 2057 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!