Bugun 16 sentyabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qahva iste’mol qilish ichak saratonining oldini olishi mumkin

Qahva iste’mol qilish ichak saratonining oldini olishi mumkin

Qahva iste’mol qilish ichak saratoni rivojlanishini pasaytirishi mumkin. London Imperiya kolleji olimlari International “Journal of Cancer” nashrida e’lon qilgan maqolada shu haqda gap boradi.

Mutaxassislar birinchi, ikkinchi va uchinchi bosqichdagi kolorektal saraton (yo‘g‘on va to‘g‘ri ichak saratoni)ga chalingan 1 719 nafar bemorning ma’lumotlarini tahlil qilishdi. Ular kuniga ikki finjondan to‘rt finjongacha qahva ichuvchilarda kasallikning rivojlanish ehtimoli sezilarli kamayishini qayd etishdi.

Shuning barobarida, kuniga to‘rt finjon va undan ko‘p qahva iste’mol qiluvchilarda kolorektal saraton qaytalanishi xavfi 32 foizga kamayishi aytilmoqda. Kuniga to‘rt finjon qahva iste’mol qiluvchilar orasida saratonning bu turidan o‘lim xavfi eng kam kuzatilgani diqqatga sazovor.

Quvonarli natijalarga qaramasdan, mutaxassislar qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish zarurligini, qahvani ichishni me’yoridan oshirib yubormaslikni so‘rashyapti.

Kiritildi: 22:14 30.03.2024. O'qildi: 1427 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!