Janubiy Koreya harbiy rahbariyati dushanba kuni Shimoliy Koreyaning 1000 dan ortiq askari Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushiga qo‘shilganidan beri halok bo‘lgan yoki yaralanganini ma’lum qildi.
"Turli axborot va razvedka manbalari orqali biz yaqinda Ukraina kuchlari bilan jang olib borgan Shimoliy Koreya qo‘shinlari 1100 ga yaqin qurbonlarga uchragan, deya baholaymiz," - deyiladi Seul Birlashgan shtab boshliqlari (JCS) bayonotida.
JCS, shuningdek, Pxenyan "askarlarni rotasiyaga yoki qo‘shimcha joylashtirishga tayyorlanayotganini" aytdi.
O‘tgan hafta Janubiy Koreya razvedka agentligi deputatlarga avgust oyida Ukraina kuchlari to‘satdan bostirib kirgan Kursk viloyatida 100 ga yaqin odam halok bo‘lgani, yana 1000 kishi yaralangani haqida xabar bergan edi. O‘shandan beri Ukraina bosib olingan hududning katta qismini yo‘qotdi.
Oktyabr oyida Milliy razvedka xizmati Ukrainadagi urushni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaga 12 mingga yaqin Shimoliy Koreya askari yuborilganini aytdi.