Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Putinning xorijga chiqishi hibsga olish orderi tufayli cheklangan

Putinning xorijga chiqishi hibsga olish orderi tufayli cheklangan

Putin Rim statutini ratifikasiya qilgan mamlakatlarga va sud yurisdiksiyasini tan olgan mamlakatlarga (123 ta davlat) bora olmaydi. Bular Yevropaning barcha davlatlari, butun Janubiy Amerika (jumladan, Rossiyaning Venesuela kabi ittifoqchisi), Tojikiston. Putin Tojikistonda oxirgi marta 2022 yil iyun oyida bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya Federasiyasi Prezidenti uchun yopiq hududlar: Afg‘oniston, Braziliya, Janubiy Afrika, Markaziy Afrika Respublikasi, Nigeriya.

"Agar Putin ushbu mamlakatlardan biriga tashrif buyursa, mahalliy hokimiyat uni hibsga olishga majbur bo‘ladi", — deb tushuntirdi Xalqaro jinoiy sudda ishlagan advokat Sergey Golubok. Uning qo‘shimcha qilishicha, bundan tashqari, Rim statutini ratifikasiya qilmagan boshqa davlatlar ham Vladimir Putinni sudga topshirishi mumkin.

Kiritildi: 21:53 17.03.2023. O'qildi: 3661 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!