Rossiya rasmiylari tez orada Tolibon terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarilganini e’lon qiladi. Bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi, deya xabar beradi «TASS».
Uning so‘zlariga ko‘ra, qaror allaqachon yuqori darajada qabul qilingan, ammo «qonuniy tartib-qoidalarga rioya qilish kerak».
Juma kuni ertalab xizmat rahbari Aleksandr Bortnikov Rossiya FSB Tolibonni terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlayotganini ma’lum qilgandi.
Uning ta’kidlashicha, Afg‘onistonda hokimiyatdagi Tolibon harakati mamlakatda «tartib o‘rnatish va barqarorlikni saqlashga qaratilgan». Bundan tashqari, Bortnikovning aytishicha, toliblar ISHIDning afg‘on qanoti «Viloyat Xuroson» (Rossiyada taqiqlangan) bilan kurashishga tayyor.
Rossiya hukumati Tolibon bilan uzoq vaqtdan beri aloqada. Joriy yilda toliblar «Rossiya – Islom olami: KazanForum» forumida, shuningdek, Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida ishtirok etdi.
BBC-ni VPNsiz o‘qing