Bunga dronlar hujumidan qo‘rquv sabab bo‘lishi mumkin
"Sochidagi “Bocharov Ruchey” qarorgohining asosiy binosi 2024 yilning fevralidan martigacha bo‘lgan davr oralig‘ida buzib tashlangan", deya ma’lum qiladi “Proyekt”.
Ushbu qarorning sababi noma’lum. Putinning mazkur qarorgohga so‘nggi rasmiy tashrifi 2024 yilning mart oyida bo‘lib o‘tgan. Putin o‘sha paytda MAGATE bosh direktori Grossi bilan uchrashgan, biroq tadbir boshqa binoda bo‘lib o‘tgan. O‘shandan beri Putin Sochiga uchmagan.
Urushdan oldin Rossiya prezidenti yiliga bir oyni Bocharov Rucheyda o‘tkazgan. “Proyekt” jurnalistlarining fikricha, binoning buzilishiga 2023 yildan Sochiga Ukraina dronlari faol hujum qila boshlagani sabab bo‘lishi mumkin.