Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Putinning Si Szinpin bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari

A A A
Putinning Si Szinpin bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari

Rossiya va Xitoy yetakchilari muzokaralar yakunida “Sheriklik va strategik hamkorlikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi” bayonotni imzolashdi.

Putinning Si Szinpin bilan uchrashuvda bildirgan fikrlari:

◾️ Rossiya Federasiyasi va Xitoy o‘rtasidagi barcha to‘lovlarning 90 foizi rubl va yuanda amalga oshirilmoqda, to‘lovlarning milliy valyutalarga o‘tkazilishi savdo aylanmalarining kengayishiga turtki bo‘ldi;

◾️ Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar hech kimga qarshi qaratilmagan;

◾️ Moskva va Pekin dunyoda demokratiya va tartib tamoyillarini birgalikda himoya qiladi.

XXR yetakchisining muzokara davomidagi asosiy bayonotlari:

◾️ Bu sizning yangi prezidentlik muddati boshlanganidan buyon birinchi xorijiy tashrifingiz bo‘lib, shaxsan siz va Rossiya hukumati Xitoy-Rossiya munosabatlariga qaratilayotgan e’tiborning ishonchli dalilidir. Biz buni qadrlaymiz;

◾️ Rossiya Federasiyasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlar hurmat, ishonch, do‘stlik va o‘zaro manfaatdorlik bilan ajralib turadigan yirik davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik standarti hisoblanadi;

◾️ Xitoy doimo Rossiya bilan yaxshi qo‘shni, ishonchli do‘st va ishonchli sherik bo‘lish niyatida.

Kiritildi: 11:27 16.05.2024. O'qildi: 2061 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!