Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Putinning qat’iyatsizligi uning tavakkal qilishdan qochish istagini ko‘rsatadi

Putinning qat’iyatsizligi uning tavakkal qilishdan qochish istagini ko‘rsatadi

Amerika urushni o‘rganish instituti yakshanba kungi hisobotida Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlaganidan keyin urushda qaror qabul qilishda Vladimir Putinning ehtiyotkorona yondashuviga e’tibor qaratdi.

"Putinning qat’iyatsizligi uning boshqaruviga tahdid soladigan yoki xalqaro eskalasiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfli qadamlardan qochish istagidan dalolat beradi, garchi uning maqsadi — Ukrainani to‘liq bosib olish — muvaffaqiyatga erishish uchun xavfli qarorlarni talab qilsa ham", deya fikr bildirdi ISW ekspertlari.

"Putin bu borada zarur amaliy yechimlarni doimiy ravishda e’tiborsiz qoldirdi, kechiktirdi yoki qisman amalga oshirdi.

Ehtimol, Putin Rossiya kuchlari Kiyevni hech qanday muhim harbiy yo‘qotishlarsiz taslim bo‘lishga majbur qilishi mumkin degan noto‘g‘ri taxminga asoslanib, Rossiya bosqinini cheklangan va maqbul ish deb hisoblagan", deyiladi hisobotda.

ISW ekspertlari Rossiya prezidenti qat’iyatsizligining ko‘rinishi sifatida aynan nimani nazarda tutmoqda?

— Putin 2022 yilning iyun-iyul oylarida Severodonesk va Lisichanskning qo‘lga kiritilishi va Rossiya harbiy kuchlari ko‘p qismini yo‘qotgan bir qancha muvaffaqiyatsiz hujumlardan so‘ng to‘liq safarbarlikka buyruq berishni istamadi;

— Putin 2022 yil may oyida Rossiya jamoatchiligining zahiradagi askarlarni safarbar etish, Ukrainaga urush e’lon qilish, Rossiyada harbiy holat joriy etish va harbiy xizmatga chaqiruv tizimini modernizasiya qilish haqidagi takroriy chaqiriqlariga munosabat bildirmadi;

— Putin Rossiyaning Ukrainadagi urushining ko‘lami va narxi haqida sirli qolishi uchun cheklangan urush ko‘rinishini saqlab qolishga harakat qildi;

— Ukrainadagi urushning boshidan dekabr oyi o‘rtalarigacha Putin harbiy harakatlar haqida izoh berish uchun bir necha marta omma oldida chiqish qildi.

— Putin o‘zining harbiy maqsadlarini qo‘llab-quvvatlagan, biroq Rossiyaning qat’iyatsiz harbiy harakatlarini tanqid qila boshlagan rossiyalik harbiylar va blogerlar, jamoat arboblarining katta guruhini jim qilishga urinmadi;

— Putin e’lon qilingan 300 000 askardan ko‘ra ko‘proq safarbarlik e’lon qilishi mumkin edi, lekin bu uning Rossiya jamiyatidagi obro‘sini yanada pasaytirishidan qo‘rqqan bo‘lishi mumkin;

— Putin Xerson, Zaporojye, Donesk va Lugansk viloyatlaridan tashqarida rasman harbiy holat e’lon qilmadi, aksincha, bu hududlarga Rossiya safarbarligini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy bazani yaratishga ko‘rsatma berdi.

Kiritildi: 11:39 06.02.2023. O'qildi: 3097 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!