Bugun 21 noyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Putinga yon berish Ukraina uchun nomaqbul va Yevropa uchun o‘z joniga qasd qilish kabidir

Putinga yon berish Ukraina uchun nomaqbul va Yevropa uchun o‘z joniga qasd qilish kabidir

Zelenskiy tinchlik uchun Putinga yon bermaslikka chaqirdi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putinga yon berish "Ukraina uchun nomaqbul va Yevropa uchun o‘z joniga qasd qilish kabidir"

Zelenskiyning ta’kidlashicha, adolatli tinchlikka qandaydir Yevropa pozisiyalari yoki Yevropa davlatining maqomi bilan savdo qilish orqali erishib bo‘lmaydi.

"Tinchlik faqat kuchlilar uchun mukofotdir. Shuning uchun kuchli Yevropaning muqobili yo‘q" – deya ta’kidladi Ukraina prezidenti Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidagi nutqida.

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni unga ko‘proq hudud kerak bo‘lgani uchun boshlamaganligiga ishonishini bildirdi.

"Putin global hokimiyatga ega bo‘lishni istaydi. Avval Ukraina ustidan nazorat o‘rnatishni, keyin esa, bir paytlar sovet yoki imperiya hukmronligi davrida bo‘lgani kabi, sizlarning hammangiz ustidan nazorat o‘rnatishni xohlaryuydi", — dedi Ukraina yetakchisi.

Kiritildi: 20:13 08.11.2024. O'qildi: 1331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!