Putin RF hukumati va Yoqutiston respublikasi rahbariga o‘rmon yong‘inlarini oldini olish uchun yog‘inlarni sun’iy ravishda chaqirish bo‘yicha chora tadbirlarni amalga oshirish va buni shu mavsum amalda qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.
Bajarilgan ishlar bo‘yicha hisobot joriy yilning 15 dekabrida topshirilishi belgilab qo‘yildi.
O‘tgan yili Sibir o‘rmonlaridagi yong‘inlar Rossiya tarixida misli ko‘rilmagan zararlarni olib keldi. Aholi va yong‘inni bartaraf etish tuzilmalari o‘rmondan uzoqda joylashgani uchun yong‘inlarni o‘chirish imkoni yo‘q edi.
Ushbu yil aprel oyidagi anomal issiq kunlar Rossiya sharqida har doimgidan oldinroq o‘rmon yong‘inlarini alanga olishiga olib keldi.
Rossiya hukumati tomonidan o‘rmonlarda yong‘inni o‘chirish uchun samolyotlar yordamida havoni sovutish usuli orqali yomg‘ir yog‘dirishi texnologiyasini qo‘llash rejalashtirilmoqda. Ammo, bu usulni qo‘llashga qarshilar ham bor. Xususan, Rossiya Fanlar Akademiyasi atmosfera fizikasi ilmiy tadqiqot instituti direktori shular qatorida.
''Sun’iy yog‘in chaqirish butun dunyoda bahs-munozarali texnologik hodisa bo‘lib, Rosgidrometning YAK-42 D samolyotlarining purkash usuli bilan atmosferaga keng ko‘lamli va uzoq muddatli ta’siri foydadan ko‘ra ko‘proq zarar keltirishi mumkin'' deydi, atmosfera fizikasi ilmiy tadqiqot instituti direktori I.Moxov.
Masalan, samolyotlar yordamida havoni sun’iy sovutish orqali yomg‘ir yog‘dirish, qo‘shnilarda qurg‘oqchilikni kuchaytiradi. Moskvada o‘tkazilgan parad tadbirlarida shunga o‘xshash hodisa qayd etilgan.
Olimning fikricha, o‘zi shundoq ham iqlim o‘zgarish davrida mintaqalarda yog‘ingarchilik notekis taqsimlanishi yildan yilga ortmoqda. Tutash mintaqalarda qurg‘oqchilik bilan bir qatorda suv toshqinlari faollashayotgan mintaqalar soni ortmoqda. Noto‘g‘ri o‘ylangan atmosfera jarayonlariga aralashuv holatni batdar abgorlashtirishi, sinoptik jarayonlarning muvozanatli harakatlarini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Butun dunyo yog‘in yog‘a olmayotgan nam havo oqimiga quruq muz, suyuq azot va kumush yodid usullarini qo‘llash orqali yog‘in yog‘dirishni samarali usul deb hisoblaydi.