Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Putin va Si uchrashuvi uch soatdan ortiq davom etdi

Putin va Si uchrashuvi uch soatdan ortiq davom etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi muzokaralar uch soatdan ziyod davom etdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar Rossiya-Xitoy hamkorligining turli sohalarini muhokama qildi.

«Muhimi shundaki, men va Rais so‘nggi yillarda barcha yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlarda katta yutuqlarga erishilganini birdek baholaymiz», — dedi Rossiya rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarning lokomotivi bu — energetika sohasi bo‘lib, bu sohada yangi qo‘shma loyihalar amalga oshish arafasida.

Si Szinpin ta’kidlashicha, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi sheriklik yuqori darajada saqlanib qolmoqda va bu ikki tomonning birgalikdagi sa’y-harakatlari natijasidir. «Jahon texnologik o‘zgarishlar fonida mamlakatlarimiz siyosiy ishonch va strategik hamkorlikni mustahkamlashda davom etmoqda, xalqaro masalalarda yaqin hamkorlik qilmoqda, turbulent dunyoda barqarorlikka hissa qo‘shmoqda va muhim konstruktiv rol o‘ynamoqda», — dedi Xitoy rahbari.

Muzokaralar yakunida tomonlar bir qator qo‘shma hujjatlarni imzoladi. Si Szinpin kecha, 7 may kuni Moskvaga yetib keldi. U G‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tadbirlarida boshqa taklif etilgan xorijiy yetakchilar bilan birgalikda ishtirok etadi.


11:18

Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy raisi Si Szinpinning uchrashuvi boshlandi.

Putin Buyuk Kreml saroyining Georgiy zalida Xitoy raisini qarshi oldi, uni “aziz do‘st” deb atadi va yangi uchrashuvdan mamnun ekanini bildirdi.

Rossiya prezidenti, shuningdek, Xitoyga tashrif buyurib, militarist Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alabaning yubileyi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etishdan xursand bo‘lishini aytdi.

Xitoy rahbari payshanba kunining asosiy qismini Rossiya prezidenti bilan muzokaralarga bag‘ishlaydi, juma kuni esa G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda asosiy xorijiy mehmon sifatida ishtirok etadi.

Avvalroq Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilishicha, Putin va Si Szinpinning muzokaralari tor doirada boshlanadi, ammo Xitoy delegasiyasi sonini hisobga olganda, bu uchrashuv ham unchalik kamsonli bo‘lmaydi.

Kiritildi: 20:46 08.05.2025. O'qildi: 724 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!