Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin va Erdo‘g‘on Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda boshlashga kelishib oldi

A A A
Putin va Erdo‘g‘on Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda boshlashga kelishib oldi

Tomonlar g‘alla bo‘yicha kelishuvni ham to‘liq amalga oshirish zarurligini ta’kidladilar

Rossiya va Turkiya Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda to‘lashga o‘tmoqda.

Bosh vazir o‘rinbosari Aleksandr Novak jurnalistlarga juma kuni ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning Sochida bo‘lib o‘tgan muzokaralarida kelishuvga erishilganini aytdi.

“Prezidentlar gazni qisman yetkazib berishni yo‘lga qo‘yishga va uning narxini rublda to‘lashga kelishib oldilar”, — dedi Novak.

Uning eslatishicha, Rossiya har yili Turkiyaga 26 milliard kub metrga yaqin gaz yetkazib beradi.

"Biz asta-sekin milliy valyutada to‘lovga o‘tmoqdamiz, yetkazib berishning bir qismi allaqachon rus rublida to‘lanadi. Bu haqiqatan ham yangi imkoniyatlar ochadigan yangi bosqich, jumladan, pul-moliyaviy munosabatlarimizni rivojlantirish uchun", - deb ta’kidladi Novak.

Kiritildi: 09:19 06.08.2022. O'qildi: 2782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!