"Agar Kiyev 2022 yilda Donetsk va Lugansk xalq respublikalari hududlaridan voz kechishga rozi bo‘lganida, harbiy harakatlarning oldini olish mumkin bo‘lar edi". Bu haqda Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putin jurnalistlarga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Aslida, bizda muzokaralar maxsus harbiy operasiya boshlanishi bilanoq boshlangan edi. Dastlab biz o‘sha paytdagi Ukraina rahbariyatiga DXR va LXRdagi odamlar Ukraina tarkibida qolishni istamasliklarini, u yerdan chiqib ketishlarini va shu bilan hammasi tugashini aytgan edik," - dedi Rossiya rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda "hech qanday harbiy harakatlar, hech qanday urush" bo‘lmasdi, ammo Kiyev "Yo‘q, urush qilamiz" degan qarorga keldi. "Shunga qaramay, muzokaralarga darhol rozi bo‘lishdi - bu 2022 yil fevral oyining oxirida sodir bo‘lgan edi," - deb ta’kidladi Putin.