2025 yil 1 apreldan boshlab barcha iste’molchilar uchun 1 kubometr gaz narxi 1800 so‘mgacha, AGTSHKlar uchun 2500 so‘mgacha, issiqlik elektr stansiyalari uchun 1800 so‘mgacha oshiriladi.
Noyabrdan fevralgacha davom etuvchi isitish mavsumida aholiga yetkazib beriladigan tabiiy gazning bir kubometri narxi gaz iste’moli:
• 500 kub metrgacha bo‘lganda 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshadi;
• 500 dan 2500 kub metrgacha bo‘lganda 1800 so‘m;
• 2500 dan 5000 kub metrgacha 2100 so‘m;
• 5 000 dan 10 000 kub metrgacha 2500 so‘m;
• 10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uchun esa 3 000 so‘mdan bo‘ladi.
2025 yil 1apreldan mart-oktyabr oylaridagi iste’mol uchun tariflar:
• 100 kub metrgacha gaz iste’mol qilinganda 650 so‘mdan 1000 so‘mgacha oshadi;
• 101 kubometrdan 2500 kubometrgacha 1800 so‘m;
• 2500 dan 5000 ming kubometrgacha 2100 so‘m;
5000 dan 10000 kub metrgacha 2500 so‘m;
10 ming kub metrdan yuqori bo‘lganda 3000 so‘m etib belgilanadi.
Aholi uchun suyultirilgan gaz tarifi 1 kg uchun 2000 so‘mgacha oshiriladi.