Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Putin Ukrainani “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikka” chaqirdi

Putin Ukrainani “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikka” chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga “o‘zgalar nog‘orasiga o‘ynamaslikni” maslahat berdi. Putin Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda jurnalistlar savollariga javob berayotib, shunday maslahat berdi.

Rossiya rahbaridan AQSh davlat kotibi Entoni Blinkenning Moskva va Kiyev muzokaralariga oid “tango uchun ikki kishi lozim” deb aytgan bayonotiga munosabat bildirishni so‘rashdi.

“Tango – bu, albatta, yaxshi. Biroq men o‘ylaymanki, Ukraina uchun gopakni (ukrain xalq raqsi va uning kuyi – tahr.) unutmaslik muhim. Bo‘lmasa, hamisha o‘zgalar musiqasi va nog‘orasiga o‘ynaydi”, - dedi Putin.

Rossiya rahbari Moskva Kiyev bilan muloqot uchun ochiq ekanini qo‘shimcha qildi.

“Men bu borada aytgandim: biz hech qachon muzokaralardan voz kechmaganmiz. Shu bois, marhamat, agar boshqa tomon istasa, buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri aytsin”, - dedi Putin.

Kiritildi: 17:45 15.09.2023. O'qildi: 2739 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!