"Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadan NATO'ga a’zo bo‘lish rejasidan voz kechishni va o‘z hududiga G‘arb qo‘shinlarini kiritmaslikni talab qilmoqda", deya xabar bermoqda Reuters agentligi.
Reuters'ning Kremlga yaqin manbalarining ma’lum qilishicha, Moskva Ukraina Qurolli kuchlarining Lugansk va Donesk viloyatlaridan to‘liq olib chiqilishini talab qilmoqda, Rossiya buning evaziga Zaporoje va Xersondagi front chiziqlarini hozirgi holatida muzlatishga tayyorligini bildirgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Donesk viloyatining 88% qismi, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarining 73% qismi Rossiya nazorati ostida.
Reuters suhbatlashgan manbalarning aytishicha, Alyaskadagi uchrashuvda Putin Trampga tinchlik va murosaga tayyorligini ko‘rsatgan.