Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Putin Ukrainada Tramp bilan sulh bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor, ammo...

Putin Ukrainada Tramp bilan sulh bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor, ammo...

Putin Ukrainada Tramp bilan sulh bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyor, ammo bosib olingan hududlardan voz kechmaydi.

Rossiya prezidenti AQShning saylangan prezidenti bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha «muhokamalarga ochiq», biroq bosib olingan hududlarni berishga rozi emas, deya xabar bermoqda Reuters besh nafar rossiyalik rasmiyga tayanib. Ularga ko‘ra, Kreml front chizig‘i bo‘ylab harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor. Shu bilan birga, bosib olingan Xarkov va Nikolayev viloyatlarining yangi chegaralarini aniq belgilash bilan kichik imtiyozlarga erishish mumkin, deydi agentlikning besh nafar suhbatdoshidan ikkitasi.

Reuters manbalari Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishdan bosh tortishini tinchlik o‘rnatishning muhim sharti sifatida ko‘rsatmoqda - faqat shunday vaziyatda Kreml Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qilishga tayyor. Moskva shuningdek, Kiyevdan qurolli kuchlari sonini qisqartirishni va rus tilidan foydalanish va o‘rganishni har qanday tarzda cheklashdan bosh tortishni talab qilmoqchi. Reutersning barcha suhbatdoshlari ham Kreml anneksiya qilingan Qrimni qaytarish masalasini muhokama qilishni istamasligini tasdiqladi.

Kiritildi: Bugun 15:06. O'qildi: 666 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!